Barselona asosiy yarim himoyachisini yoʻqotdi


Barselonaning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes yaqin vaqt ichida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda klubning matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi.
Ispaniyalik futbolchi oʻng oyogʻining boldir mushaklaridan jarohat olgan. Fermin taxminan 14 kun davomida safdan chiqadi.
Shu sababli, u La Ligadagi \"Alaves\", Madridning \"Atletiko\" va \"Betis\" jamoalariga qarshi oʻyinlar hamda Chempionlar ligasidagi \"Ayntraxt\"ga qarshi bahsni oʻtkazib yuboradi. Fermin Lopes 2023-yilning yozida Barselonaga qoʻshilgan.
Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi 13 oʻyinda 7 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













