Slot yirik mag'lubiyatdan keyin o'zini qanday his qildi?


Chorshanba kuni \"Liverpul\" o\'z muxlislarini xafa qildi. Oʻz maydonlari \"Enfild\"da Arne Slot boshqaruvidagi jamoa YeChL doirasida PSVga qarshi oʻyinda 1:4 hisobida magʻlub boʻldi.
Niderlandiyalik bosh murabbiy magʻlubiyatdan keyingi tun qanday oʻtganini matbuot anjumanida izohladi. \"Siz nima deb oʻylaysiz?
Juda yaxshi emas. Biroq tun boʻyi uxlamagan boʻlsam-da, hatto gʻalabadan keyin ham adrenalindan charchab uxlay olmayman.
Bir necha soat uxladim – ertalab yangi kuch bilan uygʻonishim uchun yetarli\", – dedi Slot. \"Liverpul\"ning keyingi uchrashuvi kuzning soʻnggi kunida – 30-noyabrda boʻlib oʻtadi.
Arne Slot boshchiligidagi jamoa safarda \"Vest Xem\"ga qarshi maydonga tushadi. Ayni paytda \"Liverpul\" Premyer-liga jadvalida 12-oʻrinni egallab turibdi.













