Antoni La Ligada yetakchilardan biri

Antoni La Ligada yetakchilardan biri
Betis klubi vingeri Antoni muntazam ravishda samarali harakatlar bilan ajralib turmoqda. Braziliyalik futbolchi Yevropa Ligasi doirasida Niderlandiyaning Utrext klubiga qarshi bugungi o‘yinda Kucho uchun golli pas berdi.

Opta maʼlumotlariga ko‘ra, Antoni Betisga o'tgan fevral oyidan beri 23 ta samarali harakat (15 ta gol va 8 ta assist) amalga oshirgan. Bu natija bilan u La Ligadagi barcha futbolchilar orasida oltinchi o‘rinni egallamoqda.

Undan yuqorida faqat "katta uchlik" futbolchilari: Kilian Mbappe (Real), Xulian Alvares (Atletiko), hamda Lamin Yamal, Rafinya va Ferran Torres (barchasi Barselona) joylashgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum boshida Betis Antoni uchun Manchester Yunayteddan to‘liq transfer huquqini sotib olgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.