Tomori: 'Leau Oltin to'pni yutishi mumkin'

Tomori: 'Leau Oltin to'pni yutishi mumkin'
Milan himoyachisi Fikayo Tomori jamoadoshi Rafael Leau haqida o'z fikrlarini bildirdi. Portugaliyalik hujumchi hozirgi murabbiy Massimiliano Allegri qo'l ostida o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatmoqda.

U jarohatidan so'ng asosiy tarkibning muhim futbolchisiga aylangan. "Leau Oltin to'pni yutishi oson bo'lishi mumkin edi.

U baland bo'yli, kuchli, tezkor va ajoyib dribling qobiliyatiga ega. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanish uchun barcha zarur sifatlarga ega", – dedi Tomori Milan Posts nashriga.

Joriy mavsumda Rafael Leau Milan safida 9 o'yinda 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shanba kuni Allegri jamoasi A Seriya doirasida o'z maydonida Latsioni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.