Nemis futbolchisiga 6 grand da'vogar

Nemis futbolchisiga 6 grand da'vogar
Yevropaning yetakchi klublari "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Assan Uedraogʻo bilan qiziqishmoqda. 19 yoshli futbolchi joriy mavsumda oʻzining ajoyib oʻyinlari bilan ajralib turib, yaqinda Germaniya terma jamoasiga ham chaqiruv oldi.

Bild nashrining xabariga koʻra, Uedraogʻoning muvaffaqiyatlarini "Liverpul", "Arsenal" va "Barselona" kuzatib bormoqda, "Bavariya" esa uni yoshlar akademiyasidan buyon nazorat qilmoqda. Yaqinda bu roʻyxatga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham qoʻshildi.

"RB Leyptsig" bu kelajagi porloq yulduzni 100 million yevro qiymatida baholamoqda. Uedraogʻoning joriy Bundesligada 11 oʻyinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgani qayd etilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.