Kolivanov: Barselona kuchli o‘yin namoyish qilmoqda

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Igor Kolivanov joriy mavsumda Ispaniya chempionatida "Barselona"ning o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Mutaxassis o‘z mulohazalarini "Evro-Futbol.Ru" internet nashriga bergan intervyusida bayon qildi.
"Agar siz doim shunday o‘ynasangizki, sizni mag‘lub etishning imkoni bo‘lmasa, hamma narsa osonlik bilan qo‘lga kirganday tuyuladi. So‘nggi ikki yilda, xususan, Ispaniya chempionatida "Barselona" raqiblarini osonlik bilan mag‘lub etmoqda.
Natijada, ular o‘zlari ham oson g‘alabalardan charchashadi. Ba’zi jamoalar uchun esa "Barselona"ni mag‘lub etish yil davomida muxlislarni xursand qilishga yetadi.
"Sevilya"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganlarini eslang, "Barselona" futbolchilari o‘zlari ham bunday bosimga duch kelishlarini kutishmagan", - dedi Kolivanov. La Liga turnir jadvalida "Barselona" 13 ta turdan keyin 31 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Peshqadam "Real"dan farq atigi bir ochkoni tashkil etadi. Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining amaldagi g‘olibidir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Agar siz doim shunday o‘ynasangizki, sizni mag‘lub etishning imkoni bo‘lmasa, hamma narsa osonlik bilan qo‘lga kirganday tuyuladi. So‘nggi ikki yilda, xususan, Ispaniya chempionatida "Barselona" raqiblarini osonlik bilan mag‘lub etmoqda.
Natijada, ular o‘zlari ham oson g‘alabalardan charchashadi. Ba’zi jamoalar uchun esa "Barselona"ni mag‘lub etish yil davomida muxlislarni xursand qilishga yetadi.
"Sevilya"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganlarini eslang, "Barselona" futbolchilari o‘zlari ham bunday bosimga duch kelishlarini kutishmagan", - dedi Kolivanov. La Liga turnir jadvalida "Barselona" 13 ta turdan keyin 31 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Peshqadam "Real"dan farq atigi bir ochkoni tashkil etadi. Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining amaldagi g‘olibidir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













