Myuller Bavariya o'yinini baholadi

Myuller Bavariya o'yinini baholadi
Mashhur nemis hujumchisi Tomas Myuller Myunxenning "Bavariya" jamoasi joriy mavsumdagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Jamoani hozirda belgiyalik mutaxassis Vensan Kompani boshqarmoqda.

"Bavariya" ajoyib tarkibga ega va Kompani o'z shtabi bilan birgalikda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Jamoaning o'yinidan zavq olasiz.

Hozircha, "Bavariya" mavsumni a'lo darajada olib bormoqda, va men umid qilamanki, ular shu ruhda davom etadilar," - dedi Myuller Bayern & Germany nashriga bergan intervyusida. Bundesliga doirasida 11 turdan so'ng, "Bavariya" 31 ochko to'plab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Myunxenliklar yaqin ta'qibchilaridan olti ochko oldinda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.