Oltin to'pning asosiy da'vogari e'lon qilindi

Oltin to'pning asosiy da'vogari e'lon qilindi
Goal nufuzli portali jurnalistlari 2026 yilgi "Oltin to'p" sovrini uchun favoritlar reytingini e'lon qildi. Reytingning birinchi o'rnidan "Bavariya" hujumchisi Garri Keyn joy oldi.

U joriy mavsumda 19 o'yinda 24 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Ikkinchi o'rinni "Real" klubi vakili Kilian Mbappe egalladi.

U 18 ta o'yinda 22 ta gol urdi. Kuchli uchlikni "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand yakunladi.

Norvegiyalik futbolchi mavsum davomida 17 o'yinda 19 ta gol kiritdi. Bundan tashqari, kuchli o'ntalikka Deklan Rays, Lamin Yamal, Vitinya, Maykl Olise, Luis Dias, Estevao va Ashraf Hakimi kirdi.

Eslatib o'tamiz, 2025 yilda "Oltin to'p" sovrinini "PSJ" hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.