"Betis" Pellegrinini saqlab qoldi: Shartnoma 2027-yilgacha


Betis futbol klubi o\'z rasmiy sayti orqali bosh murabbiyi Manuel Pellegrini bilan shartnomani uzaytirgani haqida e\'lon qildi. Klub va murabbiy o\'zaro kelishuvga ko\'ra hamkorlikni yana bir mavsumga, ya\'ni 2027-yilning yarmigacha davom ettirishga qaror qilishdi.
Manuel Pellegrini Betisni 2020-yil avgustidan beri boshqarib kelmoqda. Shu vaqt davomida jamoa 275 o‘yinda maydonga tushib, 130 ta g‘alabaga erishdi, 72 ta durang va 73 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
O‘tgan mavsumda \"oq-yashillar\" Konferensiyalar Ligasi finaliga yetib borishdi, biroq Chelsiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Hozirda Betis Ispaniya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Jamoa 30-noyabr, yakshanba kuni Sevilyaga qarshi derbida maydonga tushadi.













