Ferminning jarohati haqida Flik fikri

Ferminning jarohati haqida Flik fikri
Barselona yarim himoyachisi Fermin Lopes jarohat olib, jamoa safidan vaqtincha chiqib qoldi. Matbuot xabarlariga ko'ra, Lopes bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi.

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchining jarohati yuzasidan fikr bildirdi. "Bu futbol – bunday holatlar yuz berib turadi.

Ba'zan bu hattoki yangi oyoq kiyimlari bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Futbolchilarda har oy deyarli yangi butsalar bo'ladi.

Albatta, "Atletik"ga qarshi o'yinda Sanset bilan to'qnashuvning ham ta'siri bo'ldi, ammo o'sha vaqt muammo sezilmadi. "Chelsi" bilan o'yindan keyin Fermin o'zini noqulay his qilayotganini aytdi.

Bu vaziyatni to'g'ri boshqarishimiz kerak", – dedi Flik jurnalistlarga. 2025/2026-yilgi mavsumda Fermin Lopes 13 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.