Maldini qishda Atalantani tark etishi mumkin

Maldini qishda Atalantani tark etishi mumkin
Atalantaning hujumkor yarim himoyachisi Daniel Maldini ushbu qishda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, 24 yoshli italiyalik futbolchi Atalanta bosh murabbiyi Raffaele Palladinoning rejalariga kirmaydi. Shu sababli Maldinining yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubdan ketishi ehtimoli bor.

Maldini 2025-yil fevral oyidan beri Atalanta sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 10 million yevroga baholangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.