Manchester Yunayted Joao Gomesni rad etdi

Manchester Yunayted Joao Gomesni rad etdi
Vulverhempton yarim himoyachisi Joao Gomes "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi. 24 yoshli futbolchi "Qizil iblislar"ning transfer maqsadlari qatorida tilga olingan edi, biroq bu ma'lumot haqiqatga mos kelmaydi.

Jurnalist Devid Ornshtaynning xabar berishicha, mankunianliklar braziliyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti. "Boʻrilar" vakillari ham futbolchi bo'yicha har qanday muzokaralar o'tkazilayotgani haqidagi ma'lumotni rad etishdi.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Joao Gomesning transfer qiymati 40 million yevro. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Vulverhempton" safida 15 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 10-oʻrinni egallab turibdi, "Vulverhempton" esa oxirgi pogʻonada joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.