Renn ketma-ket toʻrtinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Renn ketma-ket toʻrtinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Fransiya chempionati 14-turining ilk uchrashuvida "Mets" va "Renn" jamoalari maydonga tushdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar hujumda faolroq ko‘rindi, biroq gol ura olishmadi.

Aksincha, "Renn" 22-daqiqada Valentin Ronje tomonidan kiritilgan gol orqali hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda tashabbus to‘liq "Renn" jamoasi qo‘lida bo‘ldi.

"Mets" uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida faollashishga harakat qildi, ammo zaruriy golni ura olmadi. Yakunda hakam hushtagi yangraganida tablodagi hisob 0:1 koʻrinishda qoldi.

Bu gʻalaba "Renn" jamoasining Liga 1 dagi ketma-ket toʻrtinchi gʻalabasi boʻldi va ular turnir jadvalida to‘rtinchi oʻringa koʻtarilishdi. "Mets" esa quyi pogʻonalarda, oxirgi oʻrindan bir pogʻona yuqorida qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.