Nihoyat! Ronaldu va Jorjina to‘yi sanasi va joyi ma'lum bo‘ldi


40 yoshli Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining \"Al-Nasr\" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z kelini Jorjina Rodriges bilan nikohdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jornal da Madeira xabariga ko‘ra, nikoh to‘yi kelasi yil yozida Madeirada bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tantanali marosim 2026-yilda Shimoliy Amerikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatidan so‘ng tashkil etiladi. Krishtianu Ronaldu 2023-yil yanvar oyidan beri \"Al-Nasr\" jamoasida to‘p surmoqda.
Hujumchining mazkur klub bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida futbolchi 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













