Shanxay Shenxua Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinida mag‘lub bo‘ldi


Chorshanba kuni Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida \"Shanxay Shenxua\" va \"Vissel Kobe\" jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yaponiyaning \"Vissel Kobe\" jamoasi Xitoyda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar ikkala golni ham birinchi bo‘limda kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Leonid Slutskiy boshchiligidagi \"Shanxay Shenxua\" javob gollarini ura olmadi.
\"Vissel Kobe\" o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 5 turda 15 ochkodan 12 ochko to‘plagan.
Slutskiyning \"Shanxay Shenxua\" jamoasi esa atigi 4 ochko to‘plab, guruh jadvalida oxirgi o‘rindan bir pog‘ona yuqorida, 11-o‘rinda joylashgan. Eslatib o‘tamiz, \"Shanxay Shenxua\" ketma-ket ikkinchi yil Xitoy chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













