Istiqlol Ronalduning kelmaganidan norozi


Istiqlol futbol klubi bosh direktori Shakhzod Sulaymonov Al-Nasr jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Osiyo Chempionlar Ligasi o\'yiniga kelmaganiga o\'z munosabatini bildirdi. \"Ronalduning Tojikistondagi Istiqlol bilan o\'yinga kelmaganidan juda xafa bo\'ldik.
U safar o\'yinlariga bormaydi. Bungacha ham uni Hindiston va Iroqda o\'tkazilgan o\'yinlarda ko\'rmagandik\", - dedi bosh direktor Sport24 nashriga.
Istiqlol va Al-Nasr jamoalari o\'rtasidagi uchrashuv ertaga, 26-noyabr kuni Tojikistonda bo\'lib o\'tadi. Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining Al-Nasr klubida 2023-yil yanvar oyidan beri to\'p surmoqda.
40 yoshli hujumchining shartnomasi 2027-yilning o\'rtalarigacha amal qiladi. Uning transfer bozori qiymati 12 million yevroga teng.













