Liverpul murabbiyi qarshiligiga qaramay yulduzini sotdi


Liverpul bosh murabbiyi Arne Slot oʻtgan yozda Luis Diasni sotilishiga qarshi chiqdi. Biroq iyul oyida ingliz klubi kolumbiyalik futbolchini 70 million yevro evaziga Bavariyaga transfer qildi.
Caught Offside nashrining xabariga koʻra, mersisaydliklar murabbiyi bu kelishuvni qatʼiyan maʼqullamagan, ammo sport direktori Richard Xyuz murabbiyning fikrini hisobga olmagan. Luis Dias Germaniyada yorqin oʻyin koʻrsatmoqda: u 18 oʻyinda 11 ta gol urib, beshta golli uzatma amalga oshirdi.
Liverpulning qimmat transferlari esa hozircha kutilgan natijalarni bermayapti. Slotning jamoasi mavsumni muvaffaqiyatsiz oʻtkazmoqda, natijada matbuotda murabbiyning isteʼfosi haqida faol gap-soʻzlar tarqalmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













