Manchini yangi klub bilan kelishuvga erishdi

Manchini yangi klub bilan kelishuvga erishdi

Manchini yangi klub bilan kelishuvga erishdi
Roberto Manchini murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda bergan maʼlumotga koʻra, 60 yoshli mutaxassis Qatarning \"Al-Sadd\" klubi bilan toʻliq kelishuvga erishgan.

Chorshanba kuni Manchini Dohaga uchib ketadi va u yerda yangi klub bilan shartnoma imzolaydi. Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarishni tark etganidan soʻng, bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida murabbiylik faoliyatidan tashqarida edi.

Murabbiy oʻz faoliyati davomida Rossiyaning \"Zenit\" klubida ham ishlagan edi. Avvalroq Manchinini \"Yuventus\" va \"Atalanta\" kabi Italiya klublari bilan bogʻlashgan edi, ammo Turinning va Bergamoning jamoalari boshqa mutaxassislarni tanlashdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.