Boka Xuniors Tigreni magʻlub etib, birinchi oʻringa chiqdi

Boka Xuniors Tigreni magʻlub etib, birinchi oʻringa chiqdi

Boka Xuniors Tigreni magʻlub etib, birinchi oʻringa chiqdi
Boka Xuniors jamoasi Argentinadagi chempionlik yoʻlida muhim qadam tashladi. Ular Tigre jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etishdi.

Gollardan birini urugvaylik tajribali futbolchi Edinson Kavani, ikkinchisini esa Ayrton Kosta kiritdi. Ushbu gʻalaba Claudio Ubede boshqaruvidagi jamoaga Klauzura turnirining A guruhi doirasida birinchi oʻrinni egallash imkonini berdi.

Bu natija ularga yarim finalgacha boʻlgan oʻyinlarni oʻz maydonida oʻtkazish huquqini taqdim etdi. Keyingi bosqichda esa Boka Xuniors boshqa guruhning sakkizinchi oʻrnidagi, nisbatan kuchsizroq jamoaga qarshi toʻp suradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.