Argentinada hakam shifokorlarga qizil kartochka ko'rsatdi

Argentinada hakam shifokorlarga qizil kartochka ko'rsatdi
Argentinalik futbol chempionatida noodatiy voqea yuz berdi: hakam mezbon jamoa shifokorlariga qizil kartochka ko'rsatdi. Voqea "Godoy Kruz" va "Deportivo Riestra" klublari o'rtasidagi o'yinda sodir bo'ldi.

39-daqiqada mehmon jamoa futbolchisi Aleksander Dias jarohat oldi va unga tibbiy yordam kerak bo'ldi. "Godoy Kruz" mezbon jamoa bo'lgani uchun ularning tibbiy xizmati Diasga yordam berish uchun maydonga chiqdi.

Futbolchining jarohati sababli uni maydondan vaqtincha olib chiqish zarur edi. Diasni xodimlar nosilkada olib chiqayotgan paytda u kutilmaganda nosilkadan sakrab tushdi va o'z oyog'ida maydon chetiga yugurib ketdi.

Buni ko'rgan "Deportivo Riestra" futbolchilari mezbon jamoa shifokorlarini vaqtni cho'zishda aybladilar, go'yoki ular ataylab sekin harakat qilishgan, Dias esa sabrsizlanib maydonni o'zi tark etishga qaror qilgan. Shu sababli maydonda janubiy amerikalarga xos qizg'in bahs yuzaga keldi.

Hakam nizoni bartaraf etish uchun "Godoy Kruz" jamoasi shifokorlariga qizil kartochka ko'rsatdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.