Messi roziligisiz men Barselonada bo'lmasdim


Sobiq \"Barselona\" futbolchisi Kevin-Prins Boateng o\'zining Kataloniya klubiga o\'tishi jarayonida argentinalik hujumchi Lionel Messi qanday ahamiyatga ega bo\'lganini so\'zlab berdi. \"Men qishki transfer oynasida \"Barselona\"ga o\'tayotgan edim.
Lekin agar Leo \"yo\'q\" deganida, bu transfer amalga oshmagan bo\'lardi. Klub meni imzolashni xohladi, ammo avval Messi fikrini bilish kerakligini aytishdi.
Agar u rad etsa, men klubda bo\'lmasdim\", - dedi Boatengning so\'zlarini AS nashri keltiradi. Kevin-Prins 2019-yilda \"Barselona\" safida ijara asosida to\'p surgan.
Mavsum yakunida esa u kataloniyaliklar jamoasini tark etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













