Xoland va Foden 'Manchester Siti' tarkibida

Xoland va Foden 'Manchester Siti' tarkibida
'Manchester Siti' Angliya Premer-ligasining 13-turi doirasida 'Lids'ni qabul qiladi. 'Shaharliklar' soʻnggi ikki oʻyindagi magʻlubiyatlardan soʻng ijobiy natijaga erishishni maqsad qilgan.

Ular Premer-ligada 'Nyukasl'ga (1:2), Chempionlar ligasida esa 'Bayer'ga (0:2) magʻlub boʻlishgan. 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Xosep Gvardiola quyidagi futbolchilarga asosiy tarkibda oʻrin bergan: Donnarumma, Nunes, Diyash, Gvardiol, O’Rayli, Niko Gonsales, Bernardu Silva, Reynders, Foden, Doku va Xoland.

'Manchester Siti' va 'Lids' oʻrtasidagi oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Oʻyinni toʻliq kuzatib borishni LiveResult portalida matnli translyatsiya orqali amalga oshirishingiz mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.