79 yoshida Billi Bonds vafot etdi

79 yoshida Billi Bonds vafot etdi

79 yoshida Billi Bonds vafot etdi
Londonning \"Vest Hem\" klubi o\'z tarixidagi yorqin sahifalardan birini yo\'qotdi — klub ramziga aylangan Billi Bonds 79 yoshida vafot etdi. Ushbu qayg\'uli xabarni klub matbuot xizmati e\'lon qildi.

Bonds 1967-yildan boshlab 21 yil davomida \"molotobozlar\" safida 799 ta o\'yin o\'tkazgan. U ikki marta Angliya Kubogini qo\'lga kiritgan.

1990-yillar boshida klub bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan, garchi u bu lavozimda katta yutuqlarga erisha olmagan bo\'lsa ham, 1992-yilda \"Vest Hem\" Angliya Premer-ligasidan tushib ketganidan so\'ng, aynan u uni yana yuqori ligaga qaytarishga muvaffaq bo\'lgan. Hozirda \"Vest Hem\" Angliya chempionati turnir jadvalida 17-o\'rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.