Mareska: Biz 11 na 11da kuchliroq edik

Mareska: Biz 11 na 11da kuchliroq edik
Chelsi bosh murabbiyi Enso Mareska Arsenal bilan durang (1:1) natija bilan yakunlangan derbidan so‘ng fikr bildirdi. "O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizni ko‘rdik.

Har doim bir xil narsa aytaman: jamoa o‘zini aqlli va tartibli tarzda namoyon qildi. 11 na 11 holatida biz raqibdan ancha kuchliroq edik.

10 na 11 sharoitida o‘yin qiyinlashdi, lekin biz juda yaxshi kurashdik. 11 na 11da biz ustuvor edik.

Eng yaxshi qarorlarni qabul qilishga va bo‘sh zonalardan foydalanishga harakat qildik. Bugun qoniqish hosil qilishimiz mumkin, garchi omadsizlik bizni chetlab o‘tmadi.

Bu futbol. Kamchilikda qolganda, ikki hissa kuch sarflash zarur.

O‘ylaymanki, biz o‘tgan mavsumga qaraganda yaxshiroqmiz", — dedi Mareska Sky Sports bilan suhbatda. Chelsi navbatdagi o‘yinini 3 dekabr kuni safarda Lidsga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.