Messining birinchi murabbiyi vafot etdi


Argentina terma jamoasi va «Barselona» hujumchisi Lionel Messining birinchi murabbiyi Ernesto Vekko olamdan o‘tdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar tarqatdi.
Manba xabariga ko‘ra, 65 yoshli mutaxassis Rosario shahrida vafot etgan. Ernesto Vekko Messini «Nyuells Old Boyz» klubida dastlabki qadamlarini tashlayotganida shug‘ullantirgan. U umrining oxirigi damlarigacha jamoaning o‘smirlari bilan ish olib borgan.
«Leo «Bella Vista» majmuasidagi kichkina maydonchalarda o‘ynab yurganida u bilan ish boshlaganman. Aynan o‘sha erda u boshqalardan ajralib turuvchi texnikaga ega ekanini namoyish etgandi» - degandi Vekko o‘zining intervyularidan birida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













