Real Madrid Mbappedan qattiq bogʻliqmi?


Madridning \"Real\" klubi sobiq futbolchisi Xorxe Valdano jamoaning hozirgi mavsumda Kilyan Mbappedan haddan tashqari bogʻliq ekanligini taʼkidladi. 26 yoshli hujumchi La Liga doirasidagi yakshanba kungi \"Jirona\"ga qarshi oʻyinda (1:1) yagona golni penaltidan kiritdi va shunday qilib, Ispaniya chempionati toʻpurarlari poygasida yetakchiligini mustahkamladi.
\"Real\" jamoasi oʻziga savol berishi kerak: \"Mbappesiz jamoa hozir qayerda boʻlardi?\" – deya Valdanoning soʻzlarini keltiradi Madrid Universal. Kilyan Mbappe Xabi Alonsoning bosh murabbiyligi ostidagi jamoada joriy mavsumda 19 oʻyinda 23 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













