Vinisius Junior mashgʻulotga kechikib keldi

Vinisius Junior mashgʻulotga kechikib keldi
Madridning "Real" klubi ertalabki mashgʻulotini asosiy tarkib futbolchilaridan biri boʻlgan Vinisius Junior ishtirokisiz boshladi. Braziliyalik futbolchi belgilangan vaqtga besh daqiqa kechikib kelgan.

El Chiringuito nashrining xabariga koʻra, Vinisius oʻtirgan avtomobil mashgʻulotlar bazasiga belgilangan vaqtdan keyin yetib kelgan. Ushbu holat "Real"ning La Liganing 14-turida "Jirona" bilan oʻtkazilgan safar uchrashuvidan bir kun oʻtib sodir boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 30-noyabr kuni boʻlib oʻtgan mazkur oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.