Buffon: “Milan” yevrokuboklarsiz ustunlikka ega

Buffon: “Milan” yevrokuboklarsiz ustunlikka ega
Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirda A Seriyasining turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan “Milan”ning muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi. “Har doim barcha musobaqalarda ishtirok etishni yaxshi deb hisoblaganman.

Har doim muvaffaqiyatga erishish oson emas, lekin bu mumkin. Allegri Chempionlar Ligasida qatnashishni tanlagani yoʻq, vaziyat shunday boʻldi.

U bu holatdan foyda olishga harakat qiladi”, — deydi Buffon pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. “Milan” soʻnggi marta Stefano Pioli boshqaruvida 2022 yilda Italiya chempioni boʻlgandi.

Keyingi turda jamoa “Torino”ga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.