Luka Modrich Zidan haqida fikr bildirdi

Luka Modrich Zidan haqida fikr bildirdi

Luka Modrich Zidan haqida fikr bildirdi
Italiya chempionatida \"Milan\" sharafini himoya qilayotgan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich afsonaviy fransuz futbolchisi va murabbiyi Zinedin Zidan haqida o\'z fikrini bildirdi. \"Chempionlar ligasida ketma-ket uchta g\'alaba.

U kiyimxonaga kirganida, e\'tiborimiz faqat Zidan tomon qaratilgan bo\'lardi. \"Zizu\" murabbiy sifatida o\'ziga xos edi.

Undan o\'zgacha bir aura taralardi. U futbolni mukammal darajada tushungan edi.

Biz u bilan ajoyib vaqtlarni o\'tkazdik\", — deydi Modrich Footmercato nashriga bergan intervyusida. Ma\'lumot uchun, Zidan ketma-ket uch bor Madridning \"Real\" klubini UEFA Chempionlar ligasidagi g\'alabalarga olib chiqqan.

Fransuz murabbiyi \"Qirollik klubi\"ni 2021-yilda tark etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.