Real 70 million yevroga himoyachi sotib olishi mumkin

Real 70 million yevroga himoyachi sotib olishi mumkin
Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi himoyachisi Nataniyel Braun Germaniyaning Bundesligasini tark etib, Ispaniya chempionatiga yoʻl olishi mumkin. Madridning “Real” klubi ushbu futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.

Sky Sport Germany jurnalistlari maʼlumotiga koʻra, “qirolicha” klubi 22 yoshli futbolchini 2026-yil yozida transfer qilishni rejalashtirgan. Nemis jamoasi himoyachini 60-70 million yevroga baholamoqda.

Braun “Ayntraxt” bilan 2030-yilning oʻrtalariga qadar shartnoma imzolagan. 2025/2026-yilgi mavsumda Nataniyel 18 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.