Rossiya JCh-2018 mezbonligini 15 yil avval qoʻlga kiritgan

Rossiya JCh-2018 mezbonligini 15 yil avval qoʻlga kiritgan
Bugundan aniq 15 yil avval, 2010-yil 2-dekabr kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida 2018-yilgi Jahon chempionatining mezboni aniqlangan edi. Oʻsha kuni Rossiya ushbu musobaqani oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritib, katta quvonch bilan nishonlagandi.

JCh-2018 mezbonligi uchun ikkinchi bosqich ovoz berishda Rossiya 13 ta ovoz toʻpladi. Ispaniya va Portugaliyadan iborat qoʻshma nomzod 7 ta ovoz, Niderlandiya va Belgiya tandemi esa bor-yoʻgʻi 2 ta ovoz oldi.

2018-yilgi Jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi oʻz maydonida chorak finalga qadar yetib bordi. Chorak finalda Stanislav Cherchesov boshchiligidagi jamoa Xorvatiya bilan 2:2 hisobida durang oʻynab, penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi.

Yakunda xorvatlar turnirning kumush medal sohibiga aylandilar va finalda Fransiyaga 2:4 hisobida yutqazdilar. Hozirgi kunda Rossiya terma jamoasi xalqaro sanksiyalar sabab faqatgina oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazmoqda.

"Bugungi kun tarixi" rukni.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.