Salah Liverpulni tark etishi mumkin

Salah Liverpulni tark etishi mumkin
Misrlik yulduz hujumchi Muhammad Salah joriy mavsumda "Liverpul" uchun unchalik yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti. Shunga qaramay, Saudiya Arabistoni klublari uni kuzatishda davom etmoqda.

Bu haqda talkSPORT o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda. Salahning hozirgi shakli saudiyaliklarning unga qiziqishiga ta’sir ko‘rsatmagan.

Ular uni kelajakda o‘z safiga qo‘shishni maqsad qilgan. Transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin, ya’ni Muhammadning "Enfild"dagi amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganda.

2025/26-yilgi mavsumda Salah jami 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali 33 yoshli futbolchini 45 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.