Alónso: Futbolchilar odam, robot emas

Alónso: Futbolchilar odam, robot emas

Alónso: Futbolchilar odam, robot emas
Madridning \"Real\" klubi bosh murabbiyi Xabi Alónso \"Barselona\" himoyachisi Ronald Arauho holatiga munosabat bildirdi. Xabarlarga ko‘ra, Urugvaylik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida \"Chelsi\"ga qarshi uchrashuvda (0:3) qizil kartochka olganidan so‘ng ruhiy muammolarga duch kelgan.

Shu sababli, Arauho klub rahbariyatidan ruhiy tiklanish uchun vaqt so‘ragan. \"Avvalo, biz futbolchilarning his-tuyg‘ulari va ehtiyojlarini hurmat qilishimiz kerak.

Ular robot emas, balki inson. Ularning oldiga katta talablar qo‘yiladi va ularda katta mas’uliyat bor,\" - deya Alónsoning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Joriy mavsumda Arauho barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.