Pedri yana jarohat oldi

Pedri yana jarohat oldi
Barselona yarim himoyachisi Pedri Madridning Atletiko klubiga qarshi o‘yinda jarohat oldi. 23 yoshli futbolchi avvalgi jarohatidan so‘ng bir oylik tiklanish jarayonidan keyin ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

Biroq, uchrashuvning 74-daqiqasida u yerga o‘tirdi va o‘yinni davom ettira olmasligini ko‘rsatdi. Hans-Diter Flik majburiy ravishda ikkinchi o‘zgarishni amalga oshirdi.

Ungacha Dani Olmo ham maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi, u o‘yinda gol urib, jamoani hisobda oldinga olib chiqqan edi (2:1). 26-daqiqada Pedri Rafinyo Diasga golli pas berdi, u esa hisobni tenglashtirdi.

Agar Barselona ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, Madridning Real klubidan to‘rt ochkoga, Atletikodan esa olti ochkoga oldinga chiqib oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.