Kunde "Barselona" safida 160-oʻyinni oʻtkazdi

Kunde "Barselona" safida 160-oʻyinni oʻtkazdi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Madridning "Atletiko" klubini 3:1 hisobida magʻlub etdi. Ushbu uchrashuv "Barselona" himoyachisi Jyul Kunde uchun muhim voqea boʻldi.

Fransiyalik futbolchi klub safida 160-oʻyinini oʻtkazdi. Kunde "Barselona" sharafini barcha musobaqalarda himoya qilgan oʻyinlari boʻyicha fransuz futbolchilari orasida uchinchi oʻrinda turadi.

Undan oldinda Erik Abidal (193 oʻyin) va Usmon Dembele (185 oʻyin) joylashgan. Eslatib oʻtamiz, Jyul Kunde 2022-yilda "Sevilya" klubidan "Barselona"ga oʻtgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.