Arshavin “Barselona” gʻalabasini izohladi

Ispaniya chempionati doirasidagi uy uchrashuvda Kataloniyaning “Barselona” klubi Madridning “Atletiko” jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etdi. Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin ushbu oʻyin haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Oʻyindan oldin "Barselona" favorit deb hisoblagandim. Kataloniyaliklar kuchliroq.
Ikkinchi bo‘limda ular oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalandi. "Barselona" chempionatda yetakchilikni davom ettirmoqda", - dedi Arshavin “Match TV” telekanali efirida.
Mazkur gʻalabadan soʻng “koʻk-anorranglilar” 37 ochko toʻplab, Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetakchilikni mustahkamladilar. Hans-Diter Flik jamoasi 2-oʻrindagi Madridning "Real" klubidan toʻrt ochkoga oldinda bormoqda.
"Qirollik klubi"ning bir oʻyini zaxirada qolgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Oʻyindan oldin "Barselona" favorit deb hisoblagandim. Kataloniyaliklar kuchliroq.
Ikkinchi bo‘limda ular oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalandi. "Barselona" chempionatda yetakchilikni davom ettirmoqda", - dedi Arshavin “Match TV” telekanali efirida.
Mazkur gʻalabadan soʻng “koʻk-anorranglilar” 37 ochko toʻplab, Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetakchilikni mustahkamladilar. Hans-Diter Flik jamoasi 2-oʻrindagi Madridning "Real" klubidan toʻrt ochkoga oldinda bormoqda.
"Qirollik klubi"ning bir oʻyini zaxirada qolgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













