Valverde Mbappening o'yinini yuqori baholadi

Valverde Mbappening o'yinini yuqori baholadi

Valverde Mbappening o'yinini yuqori baholadi
Madridning \"Real\" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde \"Atletik\" Bilbao ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g\'alabadan so\'ng Kilian Mbappening o\'yini haqida o\'z fikrlari bilan o\'rtoqlashdi. Fransiyalik hujumchi o\'yinda 7 va 59-daqiqalarda gol urib, 42-daqiqada Eduardo Kamavingaga golli uzatma amalga oshirdi.

\"Jamoada har doim gol ura oladigan futbolchining borligi juda muhim. Bu bizni xursand qiladi va motivatsiya beradi.

Kilianning biz bilan birga ekanligidan juda xursandmiz. U jamoa uchun ajoyib ishlaydi va hujumlarda kerak bo\'lganda bizga zarur narsalarni bera olishini bilamiz\", - dedi Federiko Valverde o\'yin yakunida bergan intervyusida.

Kilian Mbappe hozirda La Liga to\'purarlar ro\'yxatida 16 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, u 15 ta o\'yinda 4 ta golli uzatma ham amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.