Deklan Rays jarohatidan keyingi holatini baholadi

Deklan Rays jarohatidan keyingi holatini baholadi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Deklan Rays "Brentford"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z holati haqida fikr bildirdi. Futbolchi uchrashuvning 83-daqiqasida jarohat sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

"Menda hammasi joyida", — dedi Rays Sky Sports News nashriga. Angliya chempionatining 14-turida "Arsenal" "Brentford" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Rays mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 83 daqiqa davomida harakat qildi, biroq gol urish yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.