Real Trentning jarohati haqida bayonot berdi

Real Trentning jarohati haqida bayonot berdi
Real Madrid klubi o'z rasmiy saytida himoyachi Trent Aleksander-Arnoldning jarohati bo'yicha bayonot e'lon qildi. Futbolchi Ispaniya chempionati doirasida Atletik klubiga qarshi o'yinda almashtirildi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi" safarda 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, Trentning chap oyog'idagi kvadriseps mushaklarida shikast aniqlangan.

"Qirollik klubi" 27 yoshli futbolchining qaytish muddati haqida ma'lumot bermadi. E'tiborlisi, Trent Aleksander-Arnold yaqinda ham Realning jarohatlanganlar ro'yxatida bir oyga yaqin vaqt o'tkazgan edi.

Angliyalik futbolchi yoz faslida Madrid klubiga qo'shilgan bo'lib, "Qirollik klubi" safida jami 16 ta o'yinda maydonga tushib, uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hozirda Real La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Birinchi o'rindagi Barselonaning esa ulardan bir ochkoga ko'proq natijasi bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.