Manchester Siti barcha musobaqalarda gʻalaba uchun kurashmoqda


Sobiq \"Manchester Siti\" futbolchisi Andrey Kanchelskisning fikricha, \"shaharliklar\" ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda gʻalaba uchun kurash olib borishmoqda. Ushbu fikrini u \"Evro-Futbol\" internet nashriga bergan intervyusida bildirdi.
\"Manchester Siti\" barcha musobaqalarda gʻalaba uchun kurashmoqda. Bu shubhasiz top-klub va haqiqiy chempionlikka intilgan jamoa.
Albatta, ular ham boshqa jamoalar kabi baʼzan xatolarga yoʻl qoʻyadi, ammo futbolni bunday holatlarsiz tasavvur qilish qiyin,\" dedi Kanchelskis. Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida \"Manchester Siti\" 28 ochko bilan ikkinchi oʻrinda joylashgan.
Jamoa hozirda birinchi oʻrindagi \"Arsenal\"dan 5 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar ligasida esa Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa 10 ochko toʻplab, toʻqqizinchi oʻrinni egallab turibdi.













