Marselo Mourinyodan qanday saboq olganini aytdi

Marselo Mourinyodan qanday saboq olganini aytdi
Braziliyalik sobiq himoyachi Marselo Jose Mourinyo bilan "Real Madrid"da birga ishlagan davrini eslab, u qanday yordam bergani haqida gapirdi. "Mashgʻulot paytida Mourinyo mendan soʻradi: 'Nega Janubiy Afrikadagi Jahon chempionatiga chaqirilmagansan?' Oʻsha paytda men yosh va biroz oʻziga bino qoʻygan edim.

Shuning uchun ehtimol murabbiy meni xohlamagandir, deb javob berdim. Ammo Mourinyo menga ochiqchasiga aytdi: 'Yoʻq, bu shunday emas.

Seni chaqirishmadi, chunki yomon oʻynading. Lekin men senga yaxshi oʻynashni oʻrgataman.' U menga haqiqatan ham koʻp narsani oʻrgatdi.

Uning yordamida men yanada agressivroq oʻynay boshladim va himoyachi, avvalo, himoyalanishi kerakligini tushundim, hujum qilish keyingi vazifa ekanligini angladim", - dedi Marselo. Eslatib oʻtamiz, Marselo "Real Madrid"da 2007 yildan 2022 yilgacha faoliyat olib borgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.