PSJ Luka Beraldo bilan xayrlashishi mumkin

PSJ Luka Beraldo bilan xayrlashishi mumkin
PSJ markaziy himoyachisi Lukas Beraldo qishki transfer oynasida sotilishi mumkin boʻlgan futbolchilar roʻyxatida bor. Joriy mavsum davomida braziliyalik o'yinchining klubni tark etishi haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, Parij klubi rahbariyati 22 yoshli himoyachini "almashtirib boʻlmas futbolchi" deb hisoblamaydi. Beraldoga Braziliyaning "Flamengo" va "Palmeyras" klublari qiziqish bildirmoqda.

Biroq, futbolchining o'zi vataniga qaytishni istamayapti va PSJ safida oʻz oʻrnini saqlab qolish uchun kurashni davom ettirishni afzal koʻrmoqda. Lukas Beraldoning transfer narxi Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, 25 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.