Borussiya Myonxengladbax mehmonda gʻalaba qozondi

Bundesliganing 13-turi "Mayns" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klublari oʻrtasidagi juma kungi oʻyinda boshlandi. Birinchi boʻlimda "Borussiya" ustunlik qilgan boʻlsa-da, 17-daqiqada kiritilgan gol qoidabuzarlik tufayli bekor qilindi.
Ikkinchi boʻlimda, 58-daqiqada "Mayns" darvozasi oldida kechgan kurashda "Mayns" himoyachisi Danni da Kosta oʻz darvozasiga gol urib qoʻydi. Shundan soʻng, mezbon jamoa koʻproq toʻpga egalik qilishga harakat qilsa-da, hisobni tenglashtira olmadi.
Natijada oʻyin 0:1 hisobida yakunlandi. "Mayns"ning Bundesligadagi gʻalabasiz oʻyinlar seriyasi toʻqqiztaga yetdi va ular 6 ochko bilan musobaqa jadvalining soʻnggi oʻrnida qoldi.
Myonxengladbaxning "Borussiya"si esa 16 ochko bilan toʻqqizinchi oʻringa koʻtarildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ikkinchi boʻlimda, 58-daqiqada "Mayns" darvozasi oldida kechgan kurashda "Mayns" himoyachisi Danni da Kosta oʻz darvozasiga gol urib qoʻydi. Shundan soʻng, mezbon jamoa koʻproq toʻpga egalik qilishga harakat qilsa-da, hisobni tenglashtira olmadi.
Natijada oʻyin 0:1 hisobida yakunlandi. "Mayns"ning Bundesligadagi gʻalabasiz oʻyinlar seriyasi toʻqqiztaga yetdi va ular 6 ochko bilan musobaqa jadvalining soʻnggi oʻrnida qoldi.
Myonxengladbaxning "Borussiya"si esa 16 ochko bilan toʻqqizinchi oʻringa koʻtarildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













