Savichevich: Leau juda muhim futbolchi

Savichevich: Leau juda muhim futbolchi
Milan jamoasining sobiq qora togʻlik futbolchisi Deyan Savichevich portugaliyalik hujumchi Rafael Leauga yuksak baho berdi. Unga koʻra, Leau Milan safida taniqli oʻninchi raqamni kiyishga munosib.

"Bu juda muhim, u chempionatda gʻalaba qozongach, bu raqamni haqiqatan ham munosib egalladi. Lekin men uni markaziy hujumchidan koʻra qanot futbolchisi sifatida koʻraman.

Ammo Allegri tajribalar oʻtkazmoqda va hozircha bu muvaffaqiyatli kechmoqda", dedi Savichevich pianetamilan.it nashriga. Eslatib oʻtamiz, "Daho" laqabi bilan tanilgan Deyan Savichevich 1992 yildan 1998 yilgacha Italiya klubi safida toʻp surgan.

Rafael Leau esa 2019 yilda "Lill" klubidan Milan jamoasiga oʻtgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.