Kasorla faoliyatida ikkinchi marta qizil kartochka oldi

Kasorla faoliyatida ikkinchi marta qizil kartochka oldi
Ispaniya La Ligasida 15-tur uchrashuvlari boshlandi. Dastlabki o‘yinda «Oviedo» o‘z maydonida «Mallorka»ni qabul qildi.

Asturiya klubi ushbu bahsda g‘alaba qozona olmadi, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida esa jamoa sardori va faxriy futbolchi Santi Kasorla maydondan chetlatildi. Qizil kartochka Kasorla uchun faoliyatidagi atigi ikkinchi marta sodir bo‘ldi.

Ilk marta u 2015-yil sentabr oyida «Arsenal» safida «Chelsi»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan edi. Endi «Oviedo» Ispaniya chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 14-dekabr, yakshanba kuni «Sevilya»ga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.