Kurtua "Real" rahbariyatiga murojaat qildi


Madridning \"Real\" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoa rahbariyatiga ikki yangi himoyachini sotib olish iltimosi bilan murojaat qildi. Belgiyalik darvozabonning fikriga koʻra, jamoaning himoyasi jiddiy mustahkamlashga muhtoj, aks holda natijalar yomonlashishi mumkin.
El Nacional xabariga koʻra, Kurtua \"Real\" tarkibini nomutanosib deb hisoblaydi va himoyada muammolar borligini qayd etadi. Avvalroq xabar berilishicha, \"Real\"ning himoya chizigʻini kuchaytirish boʻyicha asosiy nomzodlar sifatida \"Liverpul\"dan Ibraima Konate va \"Kristal Pelas\"dan Mark Gehi koʻrib chiqilmoqda.
La Liga turnir jadvalida 15-turdan soʻng, \"Real\" 36 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













