Barselona Lautaro Martinesga qiziqmoqda

Barselona Lautaro Martinesga qiziqmoqda
Barselona 2026-yilga kelib jamoaning hujum chizigʻida Robert Levandovskini almashtiradigan futbolchini transfer qilishni rejalashtirmoqda. Soʻnggi haftalarda katalon klubi Germaniyaning Bavariya klubi hujumchisi Garri Keyn va Italiya A Seriyasidagi Inter forvardi Xulian Alvares bilan bogʻliq mish-mishlar markazida boʻldi.

Biroq, taniqli jurnalist Rudi Galetti xabar berishicha, Barselonaning transfer roʻyxatida Inter jamoasi sardori Lautaro Martines ham bor. Galetti oʻz maqolasida shunday yozdi: "Martines sport direktori Dekuning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan.

U jamoa uchun keyingi yirik yulduzni izlamoqda." 28 yoshli Lautaro Martines hozirda Inter bilan 2029-yil oʻrtalariga qadar amal qiluvchi shartnomaga ega. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining transfer qiymati 85 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.