Lautaro Martinesga qarshi 30-klub

Lautaro Martinesga qarshi 30-klub

Lautaro Martinesga qarshi 30-klub
Italiya A Seriyasining 14-turida \"Inter\" jamoasi \"Komo\"ni magʻlubiyatga uchratdi va raqib darvozasiga toʻrtta javobsiz gol urdi. Oʻyinning 11-daqiqasida milanliklarning sardori Lautaro Martines hisobni ochdi.

Bu gol Lautaro uchun \"Inter\" safidagi umumiy hisobda 164-goli boʻldi. Shuningdek, \"Komo\" argentinalik hujumchi faoliyati davomida A Seriyada gol urgan 30-klub boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Lautaro Martines 2018-yildan beri \"Inter\"da oʻynab kelmoqda. Jamoaning keyingi oʻyini 14-dekabr, yakshanba kuni \"Jenoa\"ga qarshi oʻtkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.