Ferran Torresning het-trikdan keyingi intervyusi

Ferran Torresning het-trikdan keyingi intervyusi
Barselona hujumchisi Ferran Torres Betisga qarshi o‘yinda het-trik muallifi bo‘lib, jamoasiga 5:3 hisobida g‘alaba keltirdi. 25 yoshli futbolchi o‘yinning 40-daqiqasigacha uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yakuniy hushtakdan so‘ng, ispan hujumchisi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi. "Biz birinchi golni o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da, ajoyib javob bera oldik va vaziyatni o‘z foydamizga o‘zgartirdik.

Betis yuqori o‘rinlarda borgan jamoa, ular har doim muammolar tug‘dirishi mumkin va biz o‘yinning boshidanoq kurash olib borishimiz kerakligini tushungan edik. Mening statistikam?

Bu men uchun ahamiyatli emas. Men nima qila olishimni yaxshi bilaman.

Barselona asosiy tarkibida o‘rin olishga qodir ekanligimdan xabardorman. Barqarorlik va intizom – bu muvaffaqiyatning asosiy kaliti", – dedi Torres o‘yindan keyingi intervyusida.

Ushbu g‘alaba natijasida "ko‘k-anorranglilar" Madridning Real klubidan to‘rt ochkoga oldinga chiqdi, biroq "qaymoqranglilar"ning bir o‘yini zaxirada qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.