Ramos: "Magʻlubiyat bilan xayrlashish achinarli"


Madridning \"Real\" klubi sobiq yulduzi Serxio Ramos Meksikaning \"Monterrey\" klubi bilan hamkorlikni yakunlaganini tasdiqladi va jamoa bilan magʻlubiyatdan soʻng xayrlashayotganidan afsusda ekanligini bildirdi. Uning jamoasi \"Toluka\"ga 2:3 hisobida yutqazdi va chempionlik imkoniyatidan mahrum boʻldi.
Ramos: \"Bu mening \"Monterrey\"dagi soʻnggi oʻyinim edi, bu haqda avval ham aytgan edim. Magʻlubiyat bilan xayrlashayotganimizdan afsusdaman\", - deya futbolchining soʻzlarini keltiradi A Bola.
Shunga qaramay, Ramos sobiq klubining rahbariyati va muxlislariga minnatdorchilik bildirib, ularga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













